Xitoyning Innos kompaniyasi MWC 2015 ko‘rgazmasining so‘nggi kunida o‘zining ikkita akkumulyatorga ega Innos D6000 smartfonini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Birinchi batareya ichki va yechilmaydigan bo‘lib, sig‘imi 2500 mA/soat ga teng, ikkinchisi esa 3500 mA/soat sig‘imiga ega bo‘lib, uni orqa qopqoqni ochib, olish mumkin.
Smartfon 2 soat ichida to‘liq zaryad oladi.
Yangi qurilma 5,2 dyuym, 1920×1080 pikselli HD-ekran, sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 615 protsessori, 2 Gb tezkor xotira, 16 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega.
Innos Android 4.4.4 KitKat operatsion tizimida ishlaydi.
Izoh (0)