O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Ibrohimbekova rejissyor Ibrohim Rasulovning 2004-yil suratga olingan “Begona bahor” filmidagi roli uchun “Eng zolim qaynona” nomiga sazovor bo‘ldi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi.
“‘Begona bahor’ filmidagi qahramonim faqat zolim qaynona emas. Uning ham o‘ziga yarasha orzu-havaslari bor. Uni butkul ayblash noto‘g‘ri, – dedi aktrisa. – Agar bu qaynona ich-ichidan yomon, zolim bo‘lganda edi, filmning yakuniga borib telba bo‘lib qolmasdi.
Hayotda aynan shunday qaynona-kelinlar kam deysizmi? Filmdagi muammolar ayni biz yashab turgan turmushimizdan olingan. O‘zim esa hayotda bitta-yu bitta o‘g‘limning ortidan uyimga nur yog‘dirib kelgan kelinimga risoladagidek qaynona bo‘lishga harakat qilaman. Hatto filmdagidan farqli o‘laroq, kelinimning o‘qishiga bosh-qosh bo‘ldim”.
Izoh (0)