Turkiyaning Antaliya shahrida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi mukofot jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat musobaqaning asosiy to‘r bahslari davom etmoqda, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Ushbu musobaqada tennischi Sanjar Fayziyev O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan edi.
Ilk davrada turnirning sakkizinchi raketkasi ispaniyalik Xose Cheka-Chavloni 2:6, 6:1, 6:0 hisobida taslim etgan Fayziyev chorak final yo‘lida mag‘lubiyatga uchradi. Bu safar u yana bir ispan tennischisi Mario Viella Martinesga 0:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Izoh (0)