Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industries kompaniyasi “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ammiak va karbamid ishlab chiqaruvchi kimyo majmuasi qurilishi bo‘yicha tenderni yutib oldi, deb xabar bermoqa “Gazeta.uz”.
O‘zbekistonning 2015-yilgi Investitsiya dasturiga binoan, 2017-yil oxirigacha “Navoiyazot” bazasida yiliga 660 ming tonna ammiak va 577,5 ming tonna karbamid ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladigan qiymati 961,74 million dollarlik kimyo majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda.
Tender o‘tgan yili “O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan edi. Hozirda shartnoma imzolash uchun muzokaralar olib borilmoqda. 2015-yilda qurilishi boshlanishi rejalashtirilayotgan loyiha O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 320 million dollarlik krediti, “Navoiyazot”ning o‘z mablag‘lari hamda mahalliy va xorijiy banklarning kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi.
Izoh (0)