Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun, 6-mart kuni Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi 27-mart kuni Tedjon shahrida o‘tadigan O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik o‘yini chiptalari narxini e’lon qildi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.

Foto: stadion.uz

Foto: stadion.uz

Unga ko‘ra, 1-darajali joylar chiptasi 50 ming von (45 AQSh dollari), 2-darajali o‘rindiqlar chiptasi 30 ming von (27 AQSh dollari), 3-darajali joylarga chipta esa 20 ming von (18 AQSh dollari) etib belgilandi.

Shuningdek, maktab va kollej o‘quvchilari uchun sotiladigan imtiyozli chiptalar 15 ming von (13 AQSh dollari)ga baholangan. Chiptalar 9-mart kuni sotuvga chiqishi xabar qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda