Kelgusi yilning 9−21-fevral sanasida futzal bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqa mezbonligi uchun O‘zbekiston asosiy da’vogar edi, deb yozadi “Championat.asia”.
“2016-yilgi Osiyo chempionati Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Unda yarim finalga qadar yetib borgan to‘rt jamoa Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi”, − dedi Mirabror Usmonov O‘FFning 2014 yilgi yakunlariga bag‘ishlangan tadbiri vaqtida.
O‘zbekiston bunga qadar ikki marta, 2006 va 2010-yillarda ham Osiyo chempionatini qabul qilgandi.
Izoh (0)