Turkiyaning Antaliya shahrida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat musobaqaning asosiy to‘r bahslari davom etmoqda, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Ushbu musobaqada Sanjar Fayziyev O‘zbekiston sharafini himoya qilyapti.
Qur’a natijasiga ko‘ra, Sanjar ilk davrada turnirning sakkizinchi raketkasi ispaniyalik Xose Cheka-Chavloga qarshi kortga chiqdi va kuchli raqibini 2:6, 6:1, 6:0 hisobida taslim etdi. Endi Fayziyev chorak final yo‘lida yana bir ispan tennischisi Viella Martines bilan hisob-kitob qiladi.
Izoh (0)