Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida tennis bo‘yicha WTA tasnifidagi mukofot jamg‘armasi 250 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqaning asosiy to‘r bahslari davom etmoqda, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova saralashning final uchrashuvida xitoylik Yafan Vangga yutqazgan edi.
Turnirning juftliklar bahsida esa yana bir o‘zbekistonlik Oqgul Omonmurodova o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi. U tailandlik dugonasi Tamarin Tanasugarn bilan birga ilk davrada polshalik tennischilar – Magda Linette va Katarina Piter juftligiga 5:7, 6:3, tay-brekda 5:10 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Izoh (0)