Italdesign Giugiaro studiyasining LG qurilmalari bilan jihozlangan Gea konsept-kari Jenevadagi xalqaro avtosalonda namoyish etiladi.
LG Electronics kompaniyasi 3−15-mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadigan 85-xalqaro avtosalonda avtomobil texnologiyalari sohasidagi o‘zining yangi ishlanmalarini taqdim etadi. Avtomobil dizyni bo‘yicha yetakchi Italdesign Giugiaro studiyasi bilan hamkorlik doirasida LG mutaxassislari yangi Gea konsept-kariga kompaniyaning bir qancha mahsulot va texnologiyalarini joriy qildi.
Gea salonidagi barcha displeylar LG tomonidan taqdim etilgan. Uskunalarni boshqarish va boshqa foydali ma’lumotlarni aks ettirishga mas’ul 12,3 dyuymli Full HD IPS ekrani uskunalar paneli markazida va yo‘lovchi tomonida joylashgan. Qo‘shimcha 6 dyuymli HD Plastic OLED (P-OLED) botiq displeylari konsolning old va orqa tomonlarida joylashgan.
LG texnologiyalaridan foydalanish avtomobilning ichki qismi bilan cheklanmaydi. Gabaritli chiroqlar Surface Illumination (SI) LED texnologiyasi bilan ta’minlangan. Shuningdek, avtomobil oddiy oynaning o‘rnini bosuvchi orqa ko‘rinishni aks ettiruvchi kameralar bilan jihozlangan bo‘lib, ularni faqat ishlatilgandagina payqash mumkin.
Shuningdek, Gea LG’ning Barselonadagi Xalqaro mobil kongress (MWC) da taqdim etilgan aqlli soatlarning so‘nggi modeli − LG Watch Urbane LTE bilan ham uyg‘unlashadi. Maxsus ilova yordamida LG Watch Urbane LTE o‘z ekranida avtomobilning turli signallari va boshqa ma’lumotlarini aks ettirishi, shuningdek uning eshiklarini ochib-yopishi mumkin.
“Biz bu hamkorlikka katta ahamiyat beramiz. Italdesign Giugiaro’dek avtomobil dizaynining e’tirof etilgan yetakchisi bilan birgalikda ishlash shubhasiz LG’ga yaqin kelajakda tobora muhim bozorga aylanishi kutilayotgan aqlli mashinalarga yaxshiroq tushunishda yordam beradi”, − dedi LG Electronics Vehicle Components prezidenti Vu Jong Li.
Reklama huquqlari asosida.
Izoh (0)