Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qabullar uyida mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha XI rapid turnir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.

Foto: 12news.uz

Foto: 12news.uz

TIV va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan musobaqada 27 jamoa, jumladan, Rossiya, Qozog‘iston, Germaniya, AQSh, Tojikiston, Turkmaniston, Chexiya, Eron, Quvayt, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ruminiya, Falastin elchixonalari, shuningdek “Lukoyl” kompaniyasi, O‘zbekiston TIV, BMT Taraqqiyot dasturi, GIZ jamg‘armasi, Yevropa Ittifoqi vakolatxonalari ishtirok etdi.

Shveysarcha tizimda 7 tur davom etgan musobaqada AQSh elchixonasi vakillari Vyacheslav Troshixin (6,5) va Zujin Garmiz (3,5) umumjamoa hisobida 10 ochko to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi. Xuddi shuncha ochko to‘plagan “Lukoyl” vakillari qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi, 9 ochko to‘plagan Qozog‘iston elchixonasi vakillari uchinchi o‘rinni egalladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda