Xitoyning Lenovo kompaniyasi barselonada davom etayotgan Mobile Wold Congress ko‘rgazmasida Vibe Shot kamerofoni, A7000 smartfoni va Pocket Projector qurilmasini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Hi-Tech.Mail.ru”.
Lenovo Vibe Shot kamerofoni 16 migapikselli BSI sensor, optik stabillashtirgich, uch rangli nur taratgich, obyektivning qo‘shimcha himoya oynasi, 8 megapikselli old kamera bilan ta’minlangan. 7,33 millimetrli metall korpusning old va orqa paneli Corning Gorilla Glass 3 oynasi bilan qoplangan.
Iyun oyida 349 dollardan sotuvga chiqadigan qurilma 5 dyuymli Full HD ekran, 64 bitli Qualcomm Snapdragon 615 protsessori, 3 Gb operativ xotira, 32 Gb ichki xotiraga ega. Ikkita SIM karta ketadigan smartfon LTE tarmog‘ida ham ishlaydi. Akkumlyator quvvati 2900 mА/soatga teng.
Iyun oyida 140 dollardan sotuvga chiqadigan Lenovo A7000 smartdoni esa Dolby Atmos audiotexnologiyasi evaziga yuqori sifatli ovozni va’da qilmoqda. 5,5dyuymli HD ekran, sakkiz yadroli MediaTek protsessori, 2 Gb operativ xotira va 8 Gb ichki xotira bilan ta’minlagan.
Ikki SIM kartada ishlaydi va LTE texnologiyasini qo‘llaydi. 8 megapikselli orqa va 5 megapikselli old kameraga ega. 7,9 millimetrli korpusga 2900 mА/soat quvvatli batareya joylashtirilgan.
Lenovo Pocket Projector cho‘ntak projetori g‘ayrioddiy yangilik bo‘lib, tasvirni 110 dyuymgacha kattalshtira oladi. Gadjetga microUSB kabeli yoki Miracast va DLNA simsiz texnologiyalari orqali ulanish mumkin. Akkumlyator quvvati 2,5 soatga yetadi. Qurilma narxi 249 dollarga baholangan.
Izoh (0)