26-fevral kuni O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida Rossiya Markaziy saylov komissiyasi raisi Vladimir Churovning “Uzbekistan 2014” deb nomlangan mualliflik fotosuratlari ko‘rgazmasi ochiladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Qayd etilishicha, xuddi shunday ko‘rgazma Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasida ham ochiladi.
Fotosuratlar Churovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi depatatligiga saylovlar o‘tkazilishi bo‘yicha xalqaro kuzatuvchilar tarkibida Rossiya Markaziy saylov komissiyasi delegatsiyasi rahbari sifatidagi ishtiroki doirasida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida tushirilgan. Saylov kuni Rossiya MSK rahbari Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarida saylovlarning borishini kuzatgan.
Izoh (0)