Fransiya poytaxti Parij shahri politsiyasi Al Jazeera telekanalining uch nafar xodimini Bulon o‘rmonida uchuvchisiz qurilma uchirgani uchun qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Hozircha ular va 24-fevral tunda Parij osmonida uchirilgan dronlar orasida aloqa yo‘qligi aytilgan. Telekanal vakillarining so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlar shu mavzu yuzasidan syujet suratga olayotgan bo‘lgan. Qo‘lga olinganlarning ismlari va fuqaroliklari ma’lum qilinmagan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan biri qurilmani boshqargan, boshqalari esa suratga tushirgan.
Parijda uchuvchisiz qurilmalarni tegishli ruxsatnomasiz uchirish qonun bilan taqiqlangan. 24-fevral tunda Parijdagi Eyfel minorasi, AQSh elchixonasi va boshqa bir necha bino ustida dronlar harakatlangani qayd etilgan, biroq ularni boshqarganlarni ushlashning imkoni bo‘lmagan. Bungacha Yelisey saroyi ustida va AESlar yaqinida ham dronlar paydo bo‘lgan.
Izoh (0)