Tasvirning yuqori sifati, simsiz yechimlar va o‘ziga xos dizayn – 2015-yilning asosiy trendlari
2015-yil 25-fevral kuni Moskva shahrida LG Electronics kompaniyasi botiq ekranli o‘ziga xos OLED televizorlar, diagonali 40−105 dyuymni tashkil etuvchi ULTRA HD 4K televizorlar va Full HD Cinema 3D televizorlarining yangilangan model qatorini o‘z ichiga oluvchi 2015-yilgi o‘z texnikalari model qatorini taqdim etdi. Audio va vieomahsulotlar guruhi Smart Audio simsiz audiotizimlari, DJ effektlariga ega X-Boom superquvvatli minitizimlar va saundbarlarning yangilangan model qatori bilan taqdim etildi. LG texnikalarning yangi guruhini ishlab chiqishda tasvirning yuqori sifati, foydalanish qulayligi va dizaynga alohida urg‘u qaratgan bo‘lib, aynan shular LG mahsulotlarini elektronika va maishiy texnika segmentida yetakchiga aylantiradi.
LG Rossiya bozorida 55, 65 va 75 dyuymli botiq va yassi ekranli OLED televizorlarning yangi modellarini taqdim etib, OLED televizorlarini iste’molchilarning keng doirasi uchun ishlab chiqaruvchi yagona kompaniya ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Barcha OLED televizorlari tasvirni yanada aniqlashtiruvchi WRGB texnologiyasidan foydalanadi. LG’ning Optimized True Color texnologiyasi esa ranglar uzatilishini yaxshilab, ko‘z uchun qulay va tabiiy ranglarni tomosha qilishi imkonini beradi. LG’ning OLED televizorlari oddiy LCD panellaridan 1000 marta tezroq ishlaydi. Asosiy o‘q doirasidan tashqaridan qaralganda ham tasvir sifati umuman buzilmaydi va bu OLED televizorlarining oddiy LCD televizorlaridan asosiy ustunliklaridan biridir. Bundan tashqari, minimal darajada yupqa dizaynda ishlangan LG OLED televizorlari harman/kardon® kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ko‘p kanalli audiotizimi bilan jihozlangan. LG’ning ULTRA Surround tizimi ovozni yaxshilab, uni maksimal darajada muvozanatli, chuqur va nafis qiladi.
Ultra HD 4K televizorlari segmentida LG kompaniyasi ColorPrime™ seriyasini taqdim etdi. Bu seriya modellari lyuminoforli svetodiodlardan foydalanish evaziga rang chuqurligi va tasvirning o‘ta realligi xususiyatiga ega. 2015-yilgi OLED va Ultra HD televizorlarining barcha modellari takomillashtirilib, oson va qulay bo‘lgan webOS 2.0 operatsion tizimida ishlaydi.
LG Smart Audio yangi guruhi Wi-Fi tarmog‘iga ulanadigan ilk portativ audiotizim, Wi-Fi saundabarlarining yangilangan modellari 3D Blu-ray DiscTM/DVD pleyeri kabilarni o‘z ichiga oladi. Seriyaning sitalgan uskunasi alohida ham, boshqa qurilmalar bilan birga ham ishlatilishi mumkin.Shuningdek, DJ effektlariga ega X-Boom minitizimini ham alohida ta’kidlash lozim.
Bundan tashqari, LG kompaniyasi kinoteatrlar va haqqoniy tovush bilan ajralib turuvchi saundbarlarning yangi model qatorini ham taqdim etdi. Taqdim etilgan uskunlarning barchasi qulay va oson boshqaruv tizimlariga ega.
Reklama huquqlari asosida.
Izoh (0)