O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qancha lavozimlarga yangi tayinlanishlar bo‘ldi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar berdi.
Jumladan, Polkovnik Aziz Ozotovich Boboxo‘jayev Toshkent viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga, polkovnik Rustam Mirzayevich Jurayev Namangan viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Podpolkovnik Rustam Qahramonovich Abdullayev Toshkent viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari − Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Ravshan Matiyevich Abdualimov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari − ijtimoiy va moliyaviy ta’minot xizmati boshlig‘i lavozimiga, mayor Behzod Sapartoshevich Qo‘ldoshev Samarqand viloyati IIB tashkiliy-inspektorlik bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Podpolkovnik Umid G‘afurovich Azimov Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar IIB boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Samad Teriqulovich Turdiyev Qashqadaryo viloyati Kitob tumani IIB boshlig‘i lavozimiga, mayor Umidjon Obidjon o‘g‘li Boyxonov Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Izoh (0)