Guliston shahridagi savdo do‘konidan kanselyariya mollarini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
Guliston shahrining markaziy dehqon bozori hududidagi bir xususiy tadbirkorga tegishli savdo do‘konidan kanselyariya mollari o‘g‘irlandi, deb xabar bermoqda “Postda” gazetasi.
Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar idoralari xodimlari holatni sinchiklab o‘rgandi. Surishtiruvlar jarayonida ushbu o‘g‘rilikni muqaddam ham shunday qilmishlari uchun javobgarlikka tortilgan yangiyerlik shaxs sodir etgani aniqlanib, qo‘lga olindi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar