O‘zbekiston vakilasi bo‘lgan Sabina Mustayeva Rossiya Birinchi kanalining “Golos. Deti” (2-mavsum) loyihasida keyingi bosqichga o‘tdi, deb xabar bermoqda UzDaily.
https://www.youtube.com/watch?v=ONok5tub4xc
14 yoshli toshkentlik qiz “Put” nomli qo‘shiqni ijro etib, Pelageya, Dima Bilan va Maksim Fadeyevni o‘ziga qaratdi va ular orasidan Fadeyevni o‘ziga ustoz sifatida tanladi.
Hakamlardan Dima Bilan Sabinaning ideal darajada kuylaganini ta’kidlagan bo‘lsa, Pelageya esa uning vokal imkoniyatlarini e’tirof etgan.
Izoh (0)