Rejissor Lora Poytrasning Edvard Snouden haqida hikoya qiluvchi “Fuqaro 4” filmi 87-“Oskar” marosimida “Eng yaxshi to‘liq metrajli hujjatli film” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ushbu yo‘nalishda unga “Vivian Mayyerni qidirib”, “Vyetnamdagi so‘nggi kunlar”, “Virunga” va “Yer tuzi” filmlari raqobatdoshlik qildi.
“Oskar” mukofotlarini topshirish marosimi ayni paytda Los-Anjelesda davom etmoqda.
Izoh (0)