75 yoshdan oshgan O‘zbekiston fuqarolariga noto‘g‘ri tayinlangan pensiya va nafaqalar oqibatida yuzaga kelgan qarzdorlik hisobdan chiqariladi. Bu “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturida ko‘zda tutilgan, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Dasturga binoan, fevral oyida davlat rahbarining “pensionerlarga ijtimoiy himoya va moddiy ko‘makni oshirish, ularga insoniylik ko‘rsatish”ga qaratilgan qarori loyihasi ishlab chiqilishi lozim.
Davlat dasturiga binoan, umumiy qiymati 21,3 milliard so‘mni tashkil etuvchi qarzdorlikni hisobdan chiqarish 2015-yil davomida amalga oshirilishi kerak.
Izoh (0)