20-fevral kuni Toshkentda O‘zbekiston hukumati va AQSh xalqaro rivojlanish agentligi (USAID)ning sil kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha yangi dasturining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
USAID’ning besh yillik dasturi AQSh hukumatining O‘zbekistonda silga qarshi xizmatni yaxshilash bo‘yicha yordamining asosiy qismi hisoblanadi. U aholining zaif guruhlarini sil kasalligidan tashxisi va davolanishi imkonini yaxshilash, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida laboratoriya tashxisi va davolashning mijozga yo‘naltirilgan yondashuvi sifatini ta’minlash bo‘yicha yordam ko‘rsatadi.
Dastur uchun USAID 7,5 million dollardan ortiq moliyaviy yordam ajratgan. Dastur agentlikning Project Hope bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Izoh (0)