O‘zbek milliy akademik drama teatri yangiliklarini taqdim etar ekan, “Darakchi” gazetasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametovaning yana sevimli jamoasiga qaytganini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, muxlislarga kliplardagi rollari bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Shahlo Temirova endilikda faoliyatini aynan shu teatr sahnasida davom ettiradi. Unga “Andishali kelinchak” spektaklidagi kelin roli ishonib topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, bu rollarni avval Dilnoza Kubayeva, sal keyinroq Shodiya To‘xtayeva ijro etgan edi. Hozirda aktrisa Shodiya To‘xtayeva qizalog‘i Maryamning tarbiyasi bilan band bo‘lgani bois bu rol teatrning yangi a’zosiga ishonib topshirildi.
Izoh (0)