Navoiy viloyati Karmana tumanidan bo‘lgan fuqaro sud ijrochilar Departamentining Navoiy shahar bo‘limida shtat birligi asosida faoliyat ko‘rsatmasa-da bir fuqaroni aldab, ishonchiga kirdi, deb xabar bermoqda “Huquq” gazetasi.
Firibgar sud ijrochilari departamentining Navoiy shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjati bo‘yicha ishonchiga kirgan fuqaroning ukasiga nisbatan qo‘llanilgan jarimani kamaytirib berish evaziga undan 500 ming so‘m pul berishini talab qildi.
SVOJJDLQK departamentining Navoiy viloyat boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan aldangan fuqaro arizasiga asosan o‘tkazilgan tadbir davomida firibgar 500 ming so‘m pulni bir sotuvchi orqali olgan vaqtida ushlandi.
Izoh (0)