Rossiyaning “Championat.com” sayti tomonidan tashkil qilingan “Kim millioner bo‘lishni istaydi” loyihasida O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning “Lokomotiv” klubi a’zosi Vitaliy Denisov ishtirok etdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Televideniyedagi ko‘rsatuvdan farqli ravishda savollar 15 ta emas, 30 ta bo‘ldi. Imtiyozlardan esa “Do‘stimga qo‘ng‘iroq” va “50 ga 50” berildi.
Savollarning yarmi futbolga aloqador bo‘lsa, qolgan yarmi turli mavzularda bo‘ldi. Dastlabki 10 savol oddiy, keyingi 10 tasi o‘rtacha murakkablikda, so‘nggi 10 tasi esa qiyin savollar edi. Birinchi savolning yutug‘i 500 rubldan iborat edi.
Vitaliy Denisov rus adiblari haqidagi 6-savolda ukasiga qo‘ng‘iroq qilish orqali to‘g‘ri javobni topdi. 20-savolga javob berish orqali Denisov 1,5 million sohibi bo‘ldi, keyingi savollarga noto‘g‘ri javob berilsa ham bu pul kuymasdi.
23-savolda Rossiya chempionatining 2013/14 mavsumida nechta gol urilgani so‘raldi. To‘g‘ri javob orqali yutuq miqdori 3 million rublga yetishi mumkin edi. Ammo Vitaliy variantlar ichida eng past ko‘rsatkich 557 ni tanladi, to‘g‘ri javob esa 613 ta gol bo‘lib chiqdi. Shu tariqa futbolchi 1,5 million sohibiga aylandi. Bu 24 ming dollardan ko‘proq deganidir.
Bu rasmiy o‘yin bo‘lmaganligi uchun redaksiya qolgan 7 ta savolni ham berdi. Denisov ulardan yana 3 tasiga noto‘g‘ri javob berdi.
Savol-javoblar bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)