Kelib tushgan arizaga ko‘ra, Toshkent shahrining Uchtepa tumani hududida Toshkent shahri Shayhontohur tumanida yashovchi fuqaroga tegishli Epica rusumli avtomashinadan 180 ming so‘m pul o‘g‘irlab ketilganligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida ushbu o‘g‘rilikni Uchtepa tumanida yashovchi yigit kalit tanlash yo‘li bilan sodir etgani aniqlanib, qo‘lga olindi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)