Rossiyaning Nijegorod viloyatidagi Uren shahrida yashovchi 28 yoshli ayol to‘rt nafar egizakni dunyoga keltirdi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Qayd etilishicha, Nijegorod viloyatida bunday holat 12 yildan buyon kuzatilmagan. Tug‘ilgan chaqaloqlarning uch nafari qiz, yana biri esa o‘g‘il. Ularning vazni 1390 kilogrammdan 1570 kilogrammgacha.
Homila 23 haftaga to‘lganidan buyon ayol Nijniy Novgoroddagi tug‘ruqxonaga yotqizilgan bo‘lib, shifokorlarning doimiy nazorati ostida edi. 31−32 haftalik davrda operatsiya yo‘li bilan chaqaloqlar tug‘ilgan. Hozirda onaning ham, bolalarning ham sog‘lig‘i yaxshi deb baholanmoqda.
Izoh (0)