Iordaniyaning Turabyeh xip-xop guruhi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va u boshchiligidagi “Likud” partiyasini mamlakat parlamenti Knessetga bo‘ladigan saylovlardagi kampaniyasi davomida guruhning qo‘shig‘idan ruxsatsiz foydalangani uchun sudga berdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Ish Isroilning Xayfa okrugi sudiga topshirilgan. Guruh advokatining so‘zlariga ko‘ra, uning mijozlari “Likud” partiyasining uyatsizligidan va oshkora o‘g‘riligidan hayratga tushgan. Shikoyatda aytilishicha, “Likud” tayyorlagan video ushbu guruhning IShIDni qo‘llab-quvvatlashi haqida taassurot uyg‘otishi va jangarilarga qarshi kurashayotganlar guruhni ta’qib qilishi mumkin.
“Men hayratdaman, bu ahmoqlik. Biz IShIDga ham, Isroilga ham qarshimiz”, − dedi guruh asoschisi Firas Shexade. Qayd etilishicha, guruhning Gorbeh nomli qo‘shig‘i 40 soniyali videorolikda ishlatilgan bo‘lib, Netanyahuning YouTube’dagi kanaliga joylashtirilgan.
Izoh (0)