Gretsiya parlamenti sobiq ichki ishlar vaziri Prokopis Pavlopulosni mamlakat prezidenti etib sayladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Qayd etilishicha, u nomma-nom ovoz berish jarayonida saylangan. Pavlopulos uchun 180 dan ortiq deputat ovoz bergan.
Avvalroq uning nomzodi Gretsiya bosh vaziri Aleksis Sipras tomonidan ilgari surilgan edi.
Izoh (0)