Facebook buyurtmasiga binoan Deloitte tomonidan e’lon qilingan “Facebook’ning global iqtisodiyotga ta’siri” hisbotida kompaniya jahon iqtisodiyotiga 227 milliard dollar olib kelib, o‘tgan yili 4,5 milliondan oriq ish o‘rni yaratilishiga yordam bergani qayd etilgan, deb xabar bermoqda “Index.uz”.
“Tadqiqotimiz ko‘rsatdiki, Facebook global iqtisodiyotining rivojlanishiga insonlar va korxonalar o‘rtasidagi aloqalarni shakllantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish, marketing to‘siqlarini kamaytirish va innovatsiyalarga e’tibor qaratish orqali yordam berishda davom etadi”, − deyiladi hisobotda.O‘z navbatida, ko‘plab tahlilchilar hisobotda e’lon qilingan raqamlarga shubha bilan qaragan. Jumladan, Facebook’ning o‘rni oshirib ko‘rsatilgani, u bo‘lmaganda ham odamlar muloqot qilish uchun, reklama berish uchun boshqa platformalarni topishlari qayd etilgan.
Izoh (0)