Zimbabvening 91 yoshli prezidenti Robert Mugabening 28-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan tug‘ilgan kuni tantanalari uchun Viktoriya sharsharasi yaqinida joylashgan spa-mehmonxonaga 20 mingga yaqin kishi taklif qilindi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Menyudagi taomlar uchun mahalliy fermer tomonidan umumiy qiymati 105 ming yevrolik 2 ta fil, 2 ta buyvol, 5 ta antilopa va bitta sher yetkazib berilgan. Bundan tashqari, Xitoydan 27 ta fil olib kelinadi. Tabiat himoyachilar tantanlarning hajmidan xavotirlarini bildirgan.
Qayd etilishicha, Zimbabveni mustaqillika ershganidan buyon boshqarib kelayotgan Mugabening 90 yoshlik yubileyida 90 ta havo shari uchirilgan, 90 ta qoramol so‘yilgan, 90 kilogrammlik tort pishirilgan va bularning hammasi uchun 40 million dollar to‘langan. Konstitutsiyaga binoan mamlakatni 99 yoshigacha boshqarishi mumkin bo‘lgan Mugabe 100 yoshlik yubileyini ham nishonlashni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)