Osiyo chempionlar ligasining pley-off uchrashuvlaridan o‘rin olgan “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) – “Al-Qodisiya” (Quvayt) jamoalari o‘rtasidagi g‘olib qo‘shimcha bo‘limlar orqali aniqlandi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Uchrashuvning asosiy vaqti durang (1:1) natija bilan yakun topdi. Uchrashuvdagi ilk golni quvaytliklar kiritdi, 33-daqiqada Badir Al Mutava o‘yindagi hisobni ochdi – 0:1. O‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganda hisob tenglashdi, bunda Umar as-Soma golga mualliflik qilib, “Al-Ahli”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Ushbu hisob uchrashuv asosiy vaqtida o‘zgarmay qoldi. Shundan so‘ng qo‘shimcha bo‘limlarga navbat keldi.
Qo‘shimcha bo‘limda maydon egalariga g‘alaba golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi, uchrashuvning 115-daqiqasida Mustafo Al Bassos jamoaning ikkinchi golini kiritdi – 2:1.
Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik hujumchi Ivan Nagayev “Al-Qodisiya”ning boshlang‘ich tarkibida bahsni boshladi.
Ushbu hisob bilan uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Endi “Al-Ahli” OChL-2015 “D” guruhida “Nasaf”, “Al-Ahli” (BAA) va “Traktorsoziy” (Eron) bilan birga kurash olib boradi.
OChL – 2015, pley-off.
“Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) – “Al-Qolisiya” (Quvayt) 2:1
Asosiy vaqt: 1:1. Qo‘shimcha bo‘limlar: 2:1.
Gollar: Badr Al Mutva, 33-0:1, Umar as-Soma, 85-1:1, Mustafa Al-Bassos, 115-2:1
Chetlatish: Xolid al-Qahtoniy 83.
Izoh (0)