21 fevral – “Xalqaro ona tili kuni” munosabati bilan Toshkent shahar Ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan umumshahar diktanti tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur ta’lim loyihasi poytaxtimizning ko‘p millatli aholisiga ona tilidan to‘g‘ri foydalanishga yordam berish, diktant orqali tilni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, xat va hujjatlarni savodli tayyorlash madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Unda barcha tashkilot va muassasalar, umumta’lim maktablari, akademik litseylar o‘quvchilari, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari talabalari, milliy madaniy markazlar vakillari ishtirok etishi mo‘ljallangan.
Diktant barcha uchun ixtiyoriy va har qanday tekshiruvdan holi o‘tkaziladi. Diktant yozganlarga o‘zlari qilgan xatolarni tekshirib olishlari uchun uning matni saytimizda joylashtiriladi.
Izoh (0)