O‘zbekiston vakillari Umra ibodatini ado etishlari maqsadida tashkil etilgan bahorgi “Umra−2015” mavsum qizg‘in davom etmoqda, deb xabar berdi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rasmiy sayti.
Ziyoratchilarimiz Madinai munavvara hamda Makkai mukarramada ziyoratlarini bajarishga muyassar bo‘moqdalar. Bugungi kunga kelib bahor mavsumi uchun jo‘natilishi rejalashtirilgan ziyoratchilarimizdan 880 nafari sog‘-salomat ulug‘ qadamjolarda yurtimiz ravnaqi hamda butun jahonda tinchlik uchun qo‘llarini duoga ko‘tarib tilaklarini so‘ramoqdalar.
Madinada ziyoratchilarimiz Muhammad a.s. masjidlarini, Uhud tog‘i, Qiblatayn hamda Qubo masjidlari kabi diniy-tarixiy maskanlarga qadamlarini bosmoqdalar.
Madina va Makka mehmonxonalarida yurtdoshlarimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, oshpazlarimiz tomonidan tayyorlanayotgan uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlanmoqdalar, shuningdek, ular uchun doimiy ravishda issiq choy ichish imkoni ham yaratilgan.
Bulardan tashqari ziyoratchilarimizning salomatligini kuzatib borish maqsadida kechayu-kunduz tibbiy ko‘rsatish xizmat punkt (mini shifoxona) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunda ziyoratchilarimiz orasida jiddiy bemorlar mavjud emas, barchalari ko‘tarinki kayfiyatda ibodatlarini ado etib, duolar qilmoqdalar.
Izoh (0)