Joriy yilning 17-fevral kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj ishlari vazirligi taklifiga binoan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi O.Yusupov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U.Alimov, idora matbuot kotibi J.Nuriddinov va Toshkent islom universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri H. Hasanovdan iborat O‘zbekiston Haj delegatsiyasi Jidda shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda Din ishlari bo‘yich qo‘mita rasmiy sayti.
O‘zbekiston Haj delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj ishlari vaziri Bandar Muhammad Hajjor va vazirlikning Makkai mukarrama, Madinai munavvara va Jidda shaharlarida Boshqarmalari boshliqlari bilan uchrashishlari rejalashtirilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U. Alimov va O‘MI raisi o‘rinbosari shayx A. Mansur Makkai mukarramada Saudiya Arabistoni Podshohi, ikki haram xodimi Salmon Abdulaziz Oli Saud rahnamoligida 22-fevral kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Islom terrorga qarshi” mavzusidagi Xalqaro anjumanda ishtirok etadilar.
Izoh (0)