“Kaspersiy laboratoriyasi” 30 mamlakatdaga 100 dan ortiq banklar va boshqa moliyaviy muassasalarni qamrab olgan yirik xakerlik hujumini aniqladi, deb xabar bermoqda Meduza.
Qayd etilishicha, banklardan kamida 300 million dollar yechib olingan, biroq aslida zarar bundan 3 baravardan ham ko‘p, ya’ni 1 milliard dollardan ortiq bo‘lishi mumkin. Ushbu xakerlik hujumi tarixdagi eng yirik bank o‘marishlardan biri bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
“Kasperskiy laboratoriyasi” xakerlik hujumi haqidagi ma’lumotlarni Oq uy va Federal qidiruv byurosiga yuborgan. Xakerlar tarmog‘i butun dunyo bo‘ylab − Rosiyadan tortib Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va AQShdagi banklarning kompyuterlariga hujum uyushtirgan. Har bir bankdan 10 million dollardan ko‘p bo‘lmagan pul olingan, biroq ba’zi moliyaviy tashkilotlarga bir necha marta hujum uyushtirilgan. Bank hisoblaridan pul o‘marish ikki yil davom etgan.
“Kaspersiy laboratoriyasi” banklar bilan kelishuvi borligi tufayli hujumdan aziyat chekkan banklar ro‘yxatini e’lon qilishdan bosh tortgan. Hozircha birorta bank o‘ziga hujum uyushtirilganini tan olmagan.
Izoh (0)