Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Xalq Ta’limi Muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi 72-sonli umumta’lim maktabining binosi Toshkent shahar pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti ixtiyoriga o‘tishini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Bundan avval 72-maktab o‘quvchilarining ota-onalari tomonidan Facebook dagi “Jamoatchilik nazorati” guruhiga Yakkasaroy TXTMFMTTEB ga taqdim etilgan rasmiy xat joylashtirilgan edi. Unda mazkur maktab o‘quvchilari va pedagogik jamoasini 73-sonli maktabga ko‘chirish to‘g‘risida so‘z borgan.
Toshkent shahar hokimining 2015-yil 9-yanvardagi 10-sonli qaroriga asosan, ushbu maktabning bino va inshootlari Toshkent shahar pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti balansiga o‘tkazish belgilandi. Shu sababli 351 nafar o‘quvchi tahsil oladigan 72-maktab jamoasi 73-maktabga ko‘chiriladi. Ota-onalarning istaklarini inobatga olgan holda o‘quvchilar yaqin hududda joylashgan Yakkasaroy tumanidagi 89-, 91-, 160-sonli hamda Mirobod tumanidagi 110-sonli maktablarda o‘qishni davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)