Avtomobil ishlab chiqaruvchilar ushbu kadrlarni hech qachon hech kim ko‘rmasligi uchun ancha narsaga tayyor bo‘lishlari mumkin edi. 2009-yilda avtomobillarni qayta ishlash avjiga chiqqanidan buyon minglab sotilmay qolgan avtomobillar ochiq osmon ostida zanglab qolib ketmoqda. Kadrlar olinganiga ancha vaqt bo‘lganiga qaramay, muammo hanuz saqlanib qolmoqda. Distractify sayti xuddi shunday sotilmay qolgan avtomobillar saqlanadigan joylarning fotosuratlarini taqdim etdi.
Bu surat Angliyaning Kent grafligidagi Port-Sheernesda olingan. Bu sotilmay qolgan avtomobillar saqlanadigan yagona “ombor” emas, ular ancha ko‘p.
Odamlar o‘z avtomobilini tez-tez almashtirib turmaydi. Masalan, avtomobilini har yili almashtira oladigan nechta oilani topish mumkin? Shu tariqa ko‘plab yangi avtomobillar o‘z egasini topolmay qolib ketadi.
Baltimor, Merilend, AQSh
Baltimordagi turargohda 57 000 ta yangi avtomobil tashlab ketilgan.
Salonlardagi avtomobillar vaqt o‘tishi bilan o‘z o‘rnini yangi ishlab chiqarilganlariga bo‘shatib berishiga to‘g‘ri keladi.
Avtomobil sanoatida ishlab chiqarishni to‘xtatib bo‘lmaydi: bu zavodlar yopilishi va minglab xodimlar ishdan bo‘shatilishiga olib keladi.
Yuqoridagi avtomobillar bir necha yildan buyon Ispaniyada oftobda tovlanadi.
Sankt-Peterburg, Rossiya
Yevropadan import qilingan avtomobillar sotilmay qolib, endi zanglashiga to‘g‘ri kelmoqda.
Avonmut, Buyuk Britaniya
Korbi, Buyuk Britaniya
Chivitavekkya porti, Italiya
Valensiya, Ispaniya
Izoh (0)