Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi xabar berdi.
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, ularning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod 15 nafarga qadar ishonchli vakillarga ega bo‘lishga haqlidir. Ishonchli vakillar nomzodga saylov kampaniyasini o‘tkazishda yordam beradilar, uni O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylash uchun targ‘ibot olib boradilar, davlat va jamoat tashkilotlari saylov komissiyalari bilan bo‘ladigan munosabatlarda nomzodning manfaatini himoya qiladilar.
Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Izoh (0)