“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya Primerosining 23-turidagi “Levante” (5:0) bilan o‘yinda xet-trik muallifiga aylandi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Shunday qilib, Argentina termasining 27 yoshli o‘yinchisi Ispaniya chempionatidagi 23-xet-trigini rasmiylashtirdi va u “Real” forvardi Krishtianu Ronalduning rekordini takrorladi. 22 tadan xet-trikka Alfredo Di Stefano va Telmo Sarra erishishgan.
Bundan tashqari, Messi ispan klubi tarkibida barcha turnirlarda xet-trik qilish bo‘yicha Telmo Sarraning rekordini takrorladi. Endi Messining “Barselona” tarkibida kiritgan umumiy xet-triklari soni 31 taga yetdi.
Izoh (0)