AQSh Markaziy razvedka byurosi 2005−2006-yillarda Iroqdagi operatsiya uchun keyinchalik yo‘q qilish maqsadida kimyoviy qurol sotib olgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Meduza.
The New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, MRB 1991-yilgi Fors ko‘rfazidagi urushdan keyin Iroqdan qolgan va BMT inspeksiyasi tomonidan hisobga olinmagan 400 dan ortiq raketani sotib olib, yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Raketalarning bir qismi yomon ahvolda bo‘lgan va ular hech qanday xavf tug‘dirmagan, biroq ko‘pchiligda zarin gazi bo‘lgan. MRB raketalarni aynan kimdan sotib olgani, shuningdek bunga qancha pul sarflagani haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)