Shu kunlarda o‘zining turli kinokartinalardagi mahoratli yaratilgan obrazlari bilan tanilgan aktrisa va xonanda Zarina Nizomiddinovaning turmushi buzilayotganligi haqida shov-shuvlar tarqaldi, deb xabar beradi “12news.uz”.
Manbada qayd etilishicha, Zarinaga yaqin bo‘lgan, ism-sharifi sir tutilishini istagan aktrisalardan biri bu xabarni tasdiqlagan. Shov-shuvga o‘ch ayrim internet nashrlarida faoliyat yuritayotganlar ham aktrisaning turmushi buzilayotganligini, bunga xiyonat sabab bo‘lganligini elon qilgan.
“Jurnalistlik kasbi axloq-odobi va prinsiplariga ko‘ra, biz bu xabar hali rasman tasdiqlangan fakt emas, shunchaki taajjubli savol ekanligini bildiramiz. Yaqin kunlarda bu savolga oydinlik kiritishga urinib ko‘ramiz”, deyiladi manbada.
Izoh (0)