Rossiyaning Yevropa Ittifoqi huzuridagi vakili Vladimir Chijovning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirgan taqdirda Rossiya ham javob choralarini tayyorlaydi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Chijovning ogohlantirishicha, “qora ro‘yxatlar”ning kengaytirilishi Minskda erishilgan kelishuvlarning bajarilishiga yordam bermaydi.
Qayd etilishicha, 9-fevral kuni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari 19 nafar rossiyalik va ukrainalik shaxslarga joriy qilinadigan yangi sanksiyalarni ma’qullagan. Shuningdek, to‘qqizta kompaniyaning hisob raqamlari muzlatib qo‘yiladi. Sanksiyalar rasman dushanba, 16-fevral kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.
Izoh (0)