Amerika OAVlari jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi yangi rekord haqida xabar bermoqda, deb yozadi “Newsru.com”. Gap shundaki, Nyu-Yorkda deyarli ikki hafta davomida birorta ham qotillik qayd etilmadi.
O‘n kunlik “qonsiz” davr 12-fevral, payshanba kuni 00:01 da Nyu-York politsiyasi tomonidan qayd etildi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2013-yilning 13—22-fevral kunlari ham shunday “jimjitlik” kuzatilgan, lekin u to‘qqiz kun davom etgan. Bu yilgi ko‘rsatkich esa undan oshib ketdi.
Nyu-Yorkdagi so‘nggi qotillik 1-fevral 22:30 da sodir bo‘lgan. O‘shanda Nyu-Yorkning Manxetten okrugidagi Garlem tumanida erkakni otib ketishgan edi.
Izoh (0)