Xorazm viloyati Shovot tumani Chig‘atoyqal’a qishlog‘ida madaniyat va aholi dam olish markazi foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari F. Jalolov ishtirok etdi.
“O‘tgan vaqt mobaynida Bog‘ot, Xiva va Shovot tumanlaridagi Kulonqorabog‘, Sayot va Ijtimoiyat qishloqlarida shunday inshootlar foydalanishga topshirildi, – dedi viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sh. Madaminov. – Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda”.
Chig‘atoyqal’a qishlog‘ida faoliyat boshlagan yangi markaz “Zaungur” korxonasi quruvchilari tomonidan bunyod etildi. Zamonaviy uslubda qurilgan mazkur inshoot qishloq ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishladi.
Markaz xonalari barcha zarur anjom va mebellar bilan jihozlangan. 150 tomoshabinga mo‘ljallangan zalda turli tadbirlarni o‘tkazish uchun zamonaviy sharoit muhayyo. Shuningdek, bu yerda komputer savodxonligi, to‘quvchilik, tikish-bichish, musiqa va sport to‘garaklari tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Tadbirda Xorazm viloyati hokimi P. Bobojonov so‘zga chiqdi.
Izoh (0)