O‘zining 18 yillik ijodi munosabati bilan konsert taqdim etgan Manzura dastur davomida shu vaqtgacha xit bo‘lgan eng sara qo‘shiqlarini kuyladi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi.
3 qismdan iborat dasturda kuylangan “Afsusdaman”, “Seni-Seni”, “Alamlarimsan” singari qo‘shiqlarning barchasi zaldagi tomoshabinlarga yod bo‘lib ketgani aniq.
Ta’kidlash joiz, doimiy ravishda klub qo‘shiqlarini ijro etgan Manzuraning “Janon bo‘laman”ni kuylashi tomoshabinlar uchun chinakam yangilik bo‘ldi.
Izoh (0)