Rossiya prezidenti Vladimir Putin Minskda 16 soat davom etgan muzokaralardan keyin jurnalistlar bilan uchrashuv chog‘ida Donbassda o‘t ochishni to‘xtatishga kelishilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
“Menimcha, ko‘p jihatlar haqida kelishdik. Asosiysi, 15-fevral soat 00:00 dan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdik. Muzokaralarning bunchalik uzoq cho‘zilishiga Ukraina rasmiylari ‘DXR’ va ‘LXR’ vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilishni istamagani sabab bo‘ldi. Ular tan olinmagan bo‘lsa ham, uzoq muddatlik kelishuvga erishib, munosabatlar qurish uchun ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilishlari zarur. Yaqin orada o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga umid qilamiz”, − dedi Putin.
Shuningdek, u og‘ir qurollar ortga surilishini, Donbass aholisining manfaatlarini inobatga oladigan konstitutsiyaviy islohot o‘tkazishga kelishilganini ma’lum qildi.
Izoh (0)