The New York Times gazetasi o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, Manxettendagi Time Warner Center osmono‘par binosida kamida 20 ta xonadon Rossiya va Sobiq ittifoqning boshqa davlatlari fuqarolariga tegishli bo‘lib, ular uchun 200 million dollardan ko‘p to‘langan, deb xabar bermoqda “RBK”.
Jumladan, Rossiya moliya vazirining sobiq o‘rinbosari va Federatsiya kengashining sobiq a’zosi Andrey Vavilov, xususiy sarmoyador va Federatsiya kengashining sobiq a’zosi Vitaliy Malkin, Coalco egasi Vasiliy Anisimov, “Norilskiy nikel”ning sobiq top-menejerlari Oleg Baybakov va Maksim Finskiy, shuningdek “YuKOS”ning sobiq top-menejeri Konstantin Kagalovskiy ushbu uylar sohiblaridan hisoblanadi.
Time Warner Center 2000−2003-yillarda qurilgan bo‘lib, ikki minorali 55 qavatli ko‘p funksiyali turar-joy majmuasining balandligi 230 metrni tashkil etadi.
Izoh (0)