Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat hukumati majlisida o‘zining Kramatorsk shahriga tashrifi haqida gapirayotib, ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Foto: AP

Foto: AP

“Hovlida oxirigacha portlamagan raketaning dumi turibdi. Bu manzaralarga inson chiday olmaydi. Raketaning dumi, onaning sumkasi, bolaning o‘yinchog‘i turibdi. Ona vafot etgan, uch yoshli bolaning esa bir qo‘li uzilib tushgan. Uni qutqarish uchun tun bo‘yi operatsiya davom etdi. 16 kishi, asosan tinch aholi halok bo‘ldi, 66 kishi jarohat olgan, 11 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, 5 nafari bolalar. Ular nimaga azob  chekishdi?”, − dedi Poroshenko.

Qayd etilishicha, Kramatorsk shahrida 10-fevral kuni otishma sodir bo‘lgan va oqibatda sakkiz nafar harbiy halok bo‘lgani ma’lum qilingan. Prokuratura ushbu holatni terakt sifatida baholagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on telefon orqali muloqot qildi