Madridning “Real” klubi rahbariyati yarim himoyachilar Sami Xedira va Xames Rodrigesni jarimaga tortishi kutilmoqda, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Futbolchilar Krishtianu Ronalduning 30 yoshga to‘lgani munosabati bilan uyushtirilgan bayramga borgani uchun jazolanishi mumkin. Xabar qilinishicha, Sami Xedira joriy mavsumda asosiy tarkibda boshqa maydonga tushmasligi kutilmoqda. Yarim himoyachining jamoa bilan shartnomasi yozda yakuniga yetadi.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu “Atletiko”dan uchralgan 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng tug‘ilgan kunini nishonlagan edi. Bu holat klub rahbariyatida norozilik keltirib chiqargan.
Izoh (0)