AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Ben Rods Barak Obama Moskvada bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligi tantanalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“Men bizning ishtirokimiz davlat rahbari darajasida bo‘lishini kutmayapman. Prezident Obama Moskvaga borishni rejalashtirmayotgani sizni ajablantirmasa kerak. Biroq boshqa davlatlar o‘zlari qaror chiqaradi”, − dedi Rods xorijiy jurnalistlar uchun uyushtirilgan brifingda.
G‘alaba kuniga borish niyatini e’lon qilganlar orasida KXDR rahbari Kim Chen In otasining afsonaviy zirhli poyezdida Moskvaga otlanishi kutilmoqda. Germaniya kansleri Angela Merkelning bu boradagi qarori sir tutilmoqda. Hozircha Latviya prezidenti Andres Berzinsh va Litva prezidenti Dalya Gribauskayte ushbu tantanalarda ishtirok etmasligi ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)