11-fevral kuni “Navbahor” o‘tgan mavsumni “Dinamo”da o‘tkazgan San’at Shixov, Azamat Bobojonov va “Metallurg” klubi sharafini himoya qilib kelgan Sunnatilla Mamadaliyev bilan shartnoma imzoladi, deb xabar beradi “Stadion.uz”
Moldovalik hujumchi Vadim Chemirtan esa murabbiylarda iliq taassurot qoldirmadi. Shu sababli Chemirtanga javob berishga qaror qilindi.
Rejaga ko‘ra, namanganliklar bugun “Buxoro”ga qarshi navbatdagi nazorat o‘yinida maydonga tushdi. Buxoroliklarga qarshi bahsda “Navbahor” murabbiylari, asosan, bir kun oldin o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok etmagan o‘yinchilarga imkon berdi. 90 daqiqalik bahs davomida namanganliklarning kichik ustunligi ko‘zga tashlandi. Gol urish uchun bir qator imkoniyatlar ham yuzaga keltirilgan bo‘lsa-da, yakunda hisob ochilmadi.
Namanganliklar ertaga, 12-fevral kuni PFL kubogi guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvda “Lokomotiv”ga qarshi maydonga tushadi. 15-fevral sanasida esa futbolchilar navbatdagi yig‘indagi so‘nggi o‘yinda ishtirok etadi. Navbatdagi nazorat uchrashuvida Samarqandning “Dinamo” klubi bilan kuch sinaladi.
Izoh (0)